15:00 (15.01.2024)

560

Farmatsevtika korxonalariga 100 mln АQSh dollari ajratiladi

Prezidentning 10.01.2024 yildagi PQ-14-son «Farmatsevtika tarmogʼini yanada rivojlantirish va investitsiya loyihalarini amalga oshirishni jadallashtirish boʼyicha qoʼshimcha chora-tadbirlar toʼgʼrisida»gi Qaroriga asosan, farmatsevtika yoʼnalishidagi investitsiya loyihalarini moliyaviy qoʼllab-quvvatlash maqsadida:

• Tiklanish va taraqqiyot jamgʼarmasidan «Аsakabank» АJga xorijiy ilgʼor texnologiyalarni jalb etish, innovatsion dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnikani ishlab chiqarishga moʼljallangan loyihalarini moliyalashtirish uchun 100 mln АQSh dollari miqdorida 10 yil muddatgacha, shundan 4 yilgacha imtiyozli davr bilan yillik 5% stavkada kredit liniyasi ajratiladi;

• «Аsakabank» АJ tomonidan Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi bilan birgalikda 2024 yil yakuniga qadar nufuzli xorijiy banklar va xalqaro moliya institutlaridan 500 mln АQSh dollari mikdoridagi kredit liniyalari jalb qilinadi;

• «Аsakabank» АJ jalb qilinayotgan kredit mablagʼlarini Farmatsevtika tarmogʼini rivojlantirish agentligi bilan kelishilgan holda farmatsevtika yoʼnalishidagi investitsiya loyihalarini moliyalashtirishga yoʼnaltiradi.

Hujjat bilan quyidagilar tasdiqlandi:

• 2024-2025 yillarda farmatsevtika tarmogʼini rivojlantirish va investitsiya loyihalarini amalga oshirishni jadallashtirish boʼyicha «Yoʼl xaritasi»;

•Farmatsevtika sohasida amalga oshirilayotgan investitsiya loyihalarining qisqacha parametrlari;

• «Tashkent Pharma Park» innovatsion ilmiy-ishlab chiqarish farmatsevtika klasterini faollashtirish boʼyicha tadbirlar rejasi.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech