08:55 (15.05.2024)

428

Fitoterapiya qaysi kasalliklarda samarali taʼsir qiladi?

Shifobaxsh oʻsimliklar qadimdan tibbiy muolajalarning asosiy quroli boʻlib kelgan. Zamonaviy tibbiyotda ham dori preparatlarining 45 foizi oʻsimliklardan ajratib olinadi.

Fitoterapiyada har bir oʻsimlik oʻziga xos tarzda ogʻriqni qoldiruvchi, tetiklashtiruvchi, tinchlantiruvchi, yurak faoliyatini yaxshilovchi, gipotenziya va gipertenziya, yalligʻlanishga qarshi, balgʻam koʻchiruvchi va terlatuvchi kabi qator taʼsirlarga ega.

Ayniqsa, oshqozon-ichak faoliyatida ishtaha ochish, ovqat hazm qilish va ich surishda samarali qoʻllanib kelinmoqda.

Bundan tashqari, qon ketishini va ivishini kamaytiruvchi, bakteriyalarni oʻldiruvchi fitoterapiya mahsulotlari ham keng foydalaniladi.

Bugungi kunda fitoteratsiyaning shifobaxsh xuusiyatlari qator kasalliklarni davolashda qoʻl kelmoqda:

  • gastrit;
  • oshqozon va oʻn ikki barmoqli ichak yarasi;
  • xoletsistit;
  • kolit va enterokolit;
  • piyelonefrit;
  • neyrotsirkulyar distoniya;
  • nevroz va asteniya shular jumlasidandir.

Shifobaxsh oʻsimliklar natijasida moddalar almashinuvi va qon tarkibidagi xolesterin miqdorini meʼyorlashtiradi.

Oʻz navbatida, arterial qon bosimi bir meʼyorda boʻlishi, yurakda va bosh miyada qon aylanishi yaxshilanishi, asablarni boʻshashtirib uyqusizlikni bartaraf etish ham fitoterapiyaning ijobiy samaralaridandir.

Isteʼmol qilinadigan koʻkatlar va ziravorlar organizmga qoʻshimcha quvvat beradi. Agar fitoterapiya oʻz oʻrnida qoʻllanilsa, qoʻshimcha muolaja sifatida rivojlanish xavfi boʻlgan kasalliklarni boshlanmasdan bartaraf etish mumkin.

Guli Shayxova, Sogʻliqni saqlash vazirligi bosh nutritsiologi

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech