15:55 (09.06.2023)
2823
Ogʼriq qoldiruvchi, isitma tushiruvchi dori vositasi.
Tarkibi:
Har bir eruvchan tabletka tarkibida 500 mg Paratsetamol (suvli eritma) saqlaydi.
Dozani oshirib yuborish holatlarini oldini olish maqsadida boshqa dori vositalari tarkibida paratsetamol mavjudligini tekshiring.
Qoʼllash uslubi:
Ichga qabul qilish uchun.
Bir stakan suvda tabletka toʼliq erigandan soʼng ichga qabul qilinadi. Tabletkalarni chaynash va yutib yuborish mumkin emas.
Fizzdol:
➖ isitmalash holatlarining yengil va oʼrtacha shakllarini,
➖ ogʼriq,
➖ bosh ogʼrigʼi,
➖ migren,
➖ tomoq ogʼrigʼi,
➖ bel ogʼrigʼi,
➖ mialgiya, artralgiya,
➖ disminoriya,
➖ shamollash va gripp davridagi ogʼriqlarni simptomatik davolashda qoʼllaniladi.
Bolalarga ushbu dori vositasini berishdan oldin albatta bolaning tana vazniga koʼra belgilangan dozaga rioya qilinishi lozim (dozalash yoʼriqnomada mavjud).
Saqlash sharoiti:
Yorugʼlikdan himoyalangan, quruq joyda, 30°S dan past boʼlgan haroratda saqlansin.
Qoʼllashdan oldin yoʼriqnomani oʼqib chiqing.
"Dori-Darmon" АK dorixonalarida sotilish narxi: 13 200 so`m