15:02 (23.02.2024)

874

Yil oxirigacha saratonga qarshi vaktsinadan foydalanish mumkin

Rossiyada saratonga qarshi ikkita vaktsina ishlab chiqilgan boʼlib, ular allaqachon tadqiqotning bir qismi sifatida qoʼllanilgan va 1 sentyabrdan qonunga koʼra, ular "oddiy bemorlarda" qoʼllanilishi mumkin,- dedi Milliy tibbiyot ilmiy-tadqiqot onkologiya markazi direktori Aleksey Belyaev.

“Biz uzoq vaqtdan beri mazkur vaktsina ustida ishlamoqdamiz. 2010 yilda ikkita vaktsina ishlab chiqarish uchun roʼyxatdan oʼtgan edik. Bu ikki vaktsinani klinik tadqiqotlarda qoʼlladik. Tadqiqotning birinchi qismi sifatida 900 bemorda qoʼllanilgan va faqat standart davolash usullari mavjud boʼlmagan bemorlar uchun ishlatilgan. Yaʼni sogʼayib ketishidan umid uzilgan bemorlarda qoʼllanilgan, bunday hollarda ham dendritik hujayrali vaktsina taʼsiri 40% dan ortiq. Agar bemorlar "oddiy bemor" doirasida tayyorlansa, taʼsiri kattaroq boʼladi", deb tushuntirdi u.

Uning soʼzlariga koʼra, markaz 1-sentyabrdan boshlab muassasadagi barcha bemorlarga vaktsinalarni yuborishi mumkin boʼladi. Preparat melanoma va boshqa saraton turlari aniqlanganda qoʼllaniladi.

“Ammo biz tadqiqotni toʼxtatmaymiz, samaradorlikni baholashda davom etamiz. Bu terapevtik vaktsina, bu saraton kasalligining oldini olish emas. Bemordan qon olinadi, monositlar olinadi va dendritik hujayralar olinadi. Bu hujayralar oʼsimta antigenini boyitadi. Laboratoriyada biz bu hujayralarni faollashtiramiz va ularni bemorga kiritamiz. Hujayraning pishib yetilish davri taxminan ikki hafta davom etadi. Bu turli xil saraton turlari bilan kurashishga yordam beradi. Bular teri melanomalari, sarkomalar, yoʼgʼon ichak yoki toʼgʼri ichak saratoni, koʼkrak saratoni, - dedi onkolog.

Shuningdek u, ikkinchi vaktsina ham bor, uni samaradorligi boʼyicha “juda qimmat” dorilar bilan solishtirish mumkin, deya qoʼshimcha qildi.

"Va oʼsimtadan ishlab chiqarilgan genetik jihatdan oʼzgartirilgan vaktsina ham mavjud. Biz uni melanoma va buyrak saratoni uchun ishlatdik, bu juda yaxshi taʼsir koʼrsatdi. Samaradorlik hatto soʼnggi besh yil ichida Rossiyada keng qoʼllanilgan zamonaviy saratonga qarshi dori vositalaridan ham yuqori boʼldi. Dorilar juda qimmat, vaktsina taʼsiri boʼyicha ular bilan raqobatlasha oladi», - deya taʼkidladi Aleksey Belyaev.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech