16:50 (07.03.2024)

907

Kasalliklarni aniqlash uchun sunʼiy intellektga ega aqlli koʼzgu taqdim etildi

21,5 dyuymli "Anura MagicMirror" koʼzgusi datchiklar yordamida 30 soniya ichida odamning yuzini skanerlaydi. Transdermal optik tasvirlash texnologiyasi qon oqimidagi oʼzgarishlarni qayd etish imkonini beradi.

Mutaxassislarning taʼkidlashicha, qurilma qon bosimi, yurak urishi va nafas olish tezligi, yuz terisining yoshi haqida maʼlumot beradi. Koʼzgu diabet, yurak-qon tomir kasalliklari, shu jumladan insulьt va boshqa patologiyalarning paydo boʼlishi va rivojlanishi xavfini baholashi mumkin.

"Anura MagicMirror" koʼzgusi Kanadaning "NuraLogix" tibbiyot kompaniyasi tomonidan "Consumer Electronics Show (CES) 2024"da taqdim etildi.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech