12:21 (12.08.2024)

113

Kompaniyamiz tizimidagi 4 ta dorixona GPP sertifikatini qo‘lga kiritdi

“Zarur amaliyotlar markazi” DUK tomonidan “Qashqadaryo Dori-darmon” MCHJ tizimidagi  6, 11, 41 va 17-son dorixona shaxobchalariga  GPP sertifikati topshirildi.

Avvalroq, “Qashqadaryo Dori-darmon” MCHJ tizimidagi  15-son dorixonaga ham “Zarur dorixona amaliyoti-GPP” talablariga muvofiqlik sertifikati berilgan edi.

Bugunga qadar jamiyatning 4 ta dorixonasi GPP sertifikatiga ega bo‘ldi.

2025-yil 1-yanvarga qadar farmatsevtika mahsulotlarini chakana sotish bilan shug‘ullanuvchi tarmoqli dorixonalar Zarur dorixona amaliyoti (GPP) milliy talablariga muvofiq majburiy sertifikatlashtirilishi belgilangan.

GPP sertifikatini olish bo‘yicha ishlar kompaniya va tizimdagi jamiyatlarda jadallik bilan davom etmoqda.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech