17:56 (13.08.2024)
846
Yurak-qon tomir va onkologik kasalliklarning oldini olish uchun mol va qo‘y go‘shtini parranda go‘shti bilan almashtirish kerak.
Bunday fikrni TASS nashriga shifokor-diyetolog, tibbiyot fanlari doktori Mixail Ginzburg bildirdi.
Uning so`zlariga ko`ra, qizil go‘sht iste’molining ko‘payishi bilan yurak ishemik kasalligi, ateroskleroz va yo‘g‘on ichak saratoni kabi holatlar bilan bog‘liq. Agar inson xavf guruhida bo‘lsa, uni har kuni iste’mol qilish tavsiya etilmaydi. Qizil go‘sht qovurilgan holda bo`lsa, xavf ortadi. Parrandaning ba`zi joylari ko`rinishidan qizil bo`lsa ham, u qizil go`sht hisoblanmaydi.
“Parranda go‘shtini yetarli miqdorda iste’mol qilish yurak-qon tomir, onkologik kasalliklarga hech qanday ta’sir ko‘rsatmasligini ko‘rsatadigan epidemiologik tadqiqotlar mavjud. Qizil go‘sht o‘rnini bosadigan narsa bor,” - dedi Ginzburg.
Uning aytishicha, xavf guruhiga 40 yoshdan oshgan, ortiqcha vaznga ega, yurak-qon tomir tizimi bilan bog‘liq muammolar bo‘lgan odamlar kiradi. Shifokor bunday odamlarga qizil go‘sht iste’molini kuniga bir porsiyagacha kamaytirishni maslahat bergan. "Agar bu qizil go‘sht sosiskalar, kolbasalar, go‘shtni chuqur qayta ishlash mahsulotlari sifatida kelsa, xavf ortadi," - dedi mutaxassis.
Ginzburg, shuningdek, qizil go‘shtni suyuq taomlarda me`yorida iste’mol qilish mumkinligini ta’kidladi, agar unda go`sht miqdori 50 grammdan oshmasa. Quyuq taomlarda go‘sht miqdori odatda 100 gramm va undan ko‘p bo‘ladi.