11:49 (14.08.2024)

882

Oropush bezgagi: JSST ushbu xavfli virus sayyohlar orqali keng tarqalishi mumkinligidan xavotirda

Keyingi oylarda jahon matbuotida Oropush bezgagi bilan bog‘liq epidemiologik vaziyat bo‘yicha xabarlar tarqaldi. Hatto iyul oyi so‘ngida bu tropik kasallikdan Braziliyada ikki ayol vafot etgani ma’lum qilindi.

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti esa mazkur xavfli infeksiya aholi va sayyohlar o‘rtasida keng tarqalishi hamda ko‘plab noxush holatlarni keltirib chiqarishi mumkinligidan xavotirda.

Chunki xastalik o‘choqlari odatda Markaziy va Janubiy Amerika mintaqalarida aniqlanayotgandi. Ammo bu yil u Kuba, Italiya va Ispaniya kabi mamlakatlar bo‘ylab ham yoyildi.

Oropush bezgagi — Zika va Denge isititmalari singari kasalliklar oilasiga mansub virus. U infeksiya tashuvchi chivinlar chaqishi orqali yuqadi. Bu virusga qarshi vaktsina mavjud emas.

Xastalik yuqori tana harorati, bosh, mushaklar, qorin va bo‘g‘inlardagi og‘riqlar, ko‘ngil aynishi, toshmalar, titroq kabi alomatlar bilan namoyon bo‘ladi. Hozircha bu virusga qarshi vaksinalar va alohida davolash kursi mavjud emas. 

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech