08:45 (06.11.2024)

320

Kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari savdosi bilan shug‘ullanib kelgan shaxslar ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Tayloq tumani bo‘limlari xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda dori vositalari savdosi bilan shug‘ullanib kelgan fuqarolar J.E. va B.A. fuqaro A.Sh.ga inson ruhiyatiga kuchli ta’sir qiluvchi 88 ta kapsuladagi dori vositasini 2,2 mln so‘mga sotgan vaqtida ushlanib, J.E. va B.A. tomonidan ushbu dori vositalarini olib kelgan "Sh-D." MCHJ dorixonasidan 31 346 dona dori vositalari ashyoviy dalil sifatida olingan.

Xuddi shunday, Departament hamda DXXning Uchtepa tumani bo‘limlari xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda dori vositalari savdosi bilan shug‘ullanib kelgan V.J. va boshqalar tuman hududidagi savdo do‘konida 15 turdagi jami 2 176 dona tarkibida kuchli ta’sir qiluvchi moddalar mavjud bo‘lgan dori vositalarini o‘tkazish maqsadida saqlab kelayotganliklari aniqlanib, ushbu vositalar ashyoviy dalil sifatida olingan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech