09:01 (07.03.2024)

860

O‘zbekistonda ayollar ko‘proq qaysi sohada ishga taklif qilinadi?

2023 yilda tibbiyot va farmatsevtika sohasi ayollarni ishga taklif qilishda eng katta ulushga ega boʼlgan.

Spot xabariga koʼra, Oʼzbekistondagi mehnat bozoridagi ayollar ahvoli HeadHunter tomonidan tahlil qilindi. Unga koʼra, 2023 yilda quyidagi 5 ta soha ayollarni ishga taklif qilishda eng katta ulushga ega boʼlgan:

- tibbiyot, farmatsevtika, dorixonalar (76 foiz);
- taʼlim muassasalari (69 foiz);
- buxgalteriya hisobi (har biri 65 foiz);
- xodimlarni boshqarish (62 foiz);
- sanʼat, madaniyat (58 foiz).

Eng kam taklif togʼ-kon sanoati, ogʼir mashinasozlik va avtomobilsozlik sohasida qayd etilgan — mos ravishda 21 foiz, 19 foiz va 17 foiz. 

Аyollar odatda koʼproq qiziqadigan sohalar va kasblar ham koʼrsatilgan. 2023 yil yakunlariga koʼra, ayollarning eng koʼp rezyumelari maʼmuriy lavozimlarda (umumiy sonning 9,5 foiz), taʼlimda (8,4 foiz) va buxgalteriya hisobida (8 foiz) qayd etilgan.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech