17:44 (20.10.2023)

1052

Ertalab budilnikni kechiktirishning kutilmagan afzalliklari aniqlandi

Shvetsiyadagi Stokgolm universiteti olimlari ertalab uygʼotuvchi signalni kechiktirish kognitiv faoliyatni yaxshilashini aniqlashdi. Tadqiqot natijalari Willey nashrida chop etildi.

Koʼp odamlar birinchi signaldayoq turmay, 10-20 daqiqadan keyin uygʼonishlari uchun ikkinchi signalni oʼrnatadilar. Olimlar doimiy ravishda signallarni kechiktiradigan odamlar boshqalardan farq qiladimi yoki yoʼqligini aniqlashga harakat qilishdi.

Tadqiqotda 1732 nafar kattalar ishtirok etdi. Olimlar ularning kun tartibi va uyqu odatlarini tahlil qilishdi. Soʼrov shuni koʼrsatdiki, budilnik vaqtini kechiktiradigan odamlar ertalab oʼrtacha 22 daqiqa koʼproq uxlashadi. Bu odat tunda uygʼoq yuruvchilar orasida erta turuvchilarga qaraganda toʼrt barobar koʼp uchrar ekan.

Ishtirokchilardan kognitiv qobiliyat testlari, jumladan, ayrim soʼzlarni yodlash va ularni soʼz turkumida tanib olish, shuningdek, arifmetik topshiriqlar topshirildi. Maʼlum boʼlishicha, uygʼotuvchi soatlarni muntazam ravishda kechiktiradigan subʼektlarning kognitiv qobiliyatlari birinchi signalda turadiganlarga qaraganda yuqoriroqdir.

Olimlar keyingi tadqiqotlar ushbu hodisani yanada oʼrganishga va ushbu rejimda uxlashning sogʼliq uchun uzoq muddatli oqibatlarini aniqlashni rejalashtirmoqdalar.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech