09:50 (03.06.2024)

569

Markirovkalash uchun zarur boʻladigan uskunalar bojxona bojidan ozod qilinadi

“Majburiy raqamli markirovkalash jarayonlarini jadallashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Prezident Qarori (PQ-203-son, 30.05.2024y.) qabul qilindi.

Qarorga koʻra, 2024-yil 1-sentyabrdan:

- tadbirkorlar tomonidan markirovkalanadigan mahsulotlarni markirovkani oʻqish qurilmalaridan foydalanmagan holda sotish holatlari soliq organlari bazasi maʼlumotlari asosida aniqlanganda, ushbu tadbirkorlar shaxsiy kabineti orqali holat yuzasidan ogohlantiriladi hamda quyidagi choralarni koʻrish amaliyoti joriy etiladi:

- ikki marta ogohlantirishdan soʻng qonun buzilishi bir oy ichida qayta takrorlangan taqdirda, tadbirkorlarga nisbatan huquqbuzarlik sodir etilgan chorakdagi faoliyat yuzasidan soliq tekshiruvi tayinlanadi;

- qonun buzilishi soliq tekshiruvi yakunlangandan bir oydan keyin qayta takrorlanganda tadbirkorlarni xabardor qilmasdan hamda Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakilni tekshirish kunida xabardor qilgan holda soliq tekshiruvi tayinlanadi.

Soliq qoʻmitasi har chorakda majburiy raqamli markirovkalanishi lozim boʻlgan mahsulotlarning chakana savdosi bilan shugʻullanuvchi tadbirkorlar orasidan har bir hudud kesimida inson omilisiz avtomatik tarzda kamida 10 foizini tanlab olgan holda, ularda nazorat tadbirlarini oʻtkazadi hamda qonun buzilishi holatlari aniqlangan subyektlar faoliyati keyingi uch chorak davomida nazorat qilib boradi.

Qarorga koʻra, (https://t.me/huquqiyaxborot/16004) 2027-yil 1-yanvargacha raqamli markirovkalangan mahsulotlar chakana savdosini amalga oshiruvchi tadbirkorlar uchun markirovkani oʻqish qurilmalarini sotib olish bilan bogʻliq xarajatlar summasiga, biroq bitta qurilma uchun BHMning 4 baravaridan koʻp boʻlmagan miqdorda, hisoblangan va toʻlanishi lozim boʻlgan foyda soligʻi yoki aylanmadan olinadigan soliq yoxud yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan toʻlanadigan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi summalari kamaytirish huquqi beriladi.

Majburiy raqamli markirovkalanishi lozim boʻlgan mahsulotlarni markirovkalash uchun zarur boʻlgan va import qilinadigan uskunalar (TIF TN kodlari: 7616 999 009, 9029 900 009, 8544 499 500 va 8528 529 000) 2024-yil 1-iyundan 2027-yil 1-iyungacha bojxona bojidan ozod qilinadi.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech