11:49 (05.03.2024)

892

Olam nurga toʼlsin sen bilan, Navroʼz!

“2024 yilgi Navroʼz umumxalq bayramiga tayyorgarlik koʼrish va uni oʼtkazish toʼgʼrisida”gi Prezident Qarori (PQ-113-son, 04.03.2024 y.) qabul qilindi.

Qarorga koʼra, 2024 yilgi Navroʼz umumxalq bayrami mamlakatimizda “Olam nurga toʼlsin sen bilan, Navroʼz!” degan bosh gʼoya asosida umumxalq sayillari shaklida koʼtarinki ruh va yuqori darajada keng nishonlanadi.

Navroʼz umumxalq bayramini yuqori saviyada tashkil etish uchun quyidagilarga alohida eʼtibor qaratiladi, jumladan:

♦ Toshkent shahridagi “Yangi Oʼzbekiston” majmuasida alohida dastur asosida xalq sayillarini tashkil etishga;

♦ bu yilgi Navroʼz bayrami muqaddas Ramazon oyida nishonlanishini inobatga olib, keksa avlod vakillarini, xususan, Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va mehnat fronti faxriylarini har tomonlama eʼzozlash, “Mehribonlik”, “Saxovat” va “Muruvvat” uylarida yashayotgan shaxslar, ijtimoiy himoya daftarlariga kiritilgan hamda koʼmakka muhtoj insonlarning holidan xabar olish, ular uchun dasturxonlar tashkil etish hamda turli xayriya tadbirlarini amalga oshirishga;

♦ “Yashil makon” umummilliy loyihasida belgilangan tadbirlarni amalga oshirish, Navroʼz bayrami arafasida respublikamizning barcha hududlarida, koʼcha, mahalla, tuman va shaharlarda obodonlashtirish va koʼkalamzorlashtirish ishlariga qaratilgan umumxalq hasharlarini oʼtkazishga.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech