17:47 (24.07.2023)
2454
Kornel universiteti olimlari omega-3 yog 'kislotalarini o'pka kasalliklarining oldini olish uchun foydali ekanligini aniqlashdi. Ish natijalari American Journal of Respiratory and Critical Care Medicine jurnalida chop etilgan.
Tadqiqot ikki bosqichda o`tkazildi. Birinchisida 15 000 dan ortiq odam ishtirok etdi va vaqt o'tishi bilan qondagi omega-3 ko'p to'yinmagan yog'li kislotalar darajasi bilan o'pka funktsiyasi o'rtasidagi munosabatlarni o'rganib chiqildi. O'rtacha yoshi 56 bo'lgan subyektlar eksperiment boshida sog'lom edi va ko'pchilikda surunkali o'pka kasalligi belgilari yo'q edi. Kuzatuvlar o`rtacha 7 yildan 20 yilgacha davom etdi.
Mutaxassislarning xulosasiga ko'ra, inson qonida Omega-3 darajasi qancha baland bo`lsa, o'pka o`z funktsiyasini shuncha sekin pasaygani namoyon bo`ldi. Ayniqsa bu aynan yog`li baliqlar (losos, orkinos va sardalya) tarkibida bo`lgan dokozageksayen kislota - yuqori konsentratsiyalarda topilgan omega-3 yog` kislotasi bilan ko`proq bog`liq deb topildi.
Ikkinchi bosqichda 500 000 ga yaqin ishtirokchilarning ma’lumotlari tahlil qilindi. Xususan, oziq-ovqat omega-3 darajasining ko'rsatkichi sifatida qondagi genetik biomarkerlarga e'tibor qaratildi. Ushbu tajriba ma'lumotlari birinchi bosqichdagi hulosalarni isbotladi.
Baliq va baliq yog'idan tashqari, omega-3 ning boshqa manbalariga yong'oq va urug'lar, o'simlik moylari va maxsus boyitilgan ovqatlar kiradi.