08:47 (21.12.2023)

867

Farmatsevtika mahsulotlari eksportini 2 barobarga oshirish rejalashtirilmoqda

“Аholi salomatligi — 2030” milliy strategiyasini tasdiqlash toʼgʼrisida”gi Prezident qarori loyihasi muhokama uchun eʼlon qilindi. 

Loyihaga koʼra, farmatsevtika tarmogʼini samarali tartibga solish yoʼnalishida:

1. Jahon sogʼliqni saqlash tashkilotining dori vositalarini davlat tomonidan tartibga solish reytingida 1- darajadan 3-darajaga koʼtarilishga erishish.

2. Farmatsevtika laboratoriyalarida sinov oʼtkaziladigan tekshiruv usullarini 70 tadan 105 taga yetkazish yoʼli bilan laboratoriyalarning akkreditatsiya sohasini kengaytirish.

3. Farmatsevtika sohasida dori vositalariga boʼlgan ehtiyojning 70 foizini ichki ishlab chiqaruvchilar hisobiga qoplash.

4. Farmatsevtika mahsulotlari eksportini 2 barobarga oshirgan holda 250 million АQSh dollariga yetkazish.

5. Innovatsion va yuqori sifatli farmatsevtika mahsulotlarini ishlab chiqarishni tashkil etish.

6. Dori vositalarining farmakologik va postmarekting nazoratni samarali tartibga solish.

7. Xalq tabobatini rivojlantirish taklif etilmoqda.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech