14:00 (10.05.2023)
2324
Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Dangʼara tumani boʼlimlari tomonidan oʼtkazilgan tezkor tadbirda, “Matiz” rusumli avtotransport vositasi yoʼlovchisi Z.T. Qoʼqon shahar, Charxiy koʼchasida fuqaro E.А.ga jami 719 dona “Tropikamid” nomli kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalarini 71,9 mln soʼmga sotish uchun olib kelgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Shuningdek, Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Shayxontohur tuman boʼlimi tomonidan oʼtkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro B.O. “K.S.” MChJga tegishli 6 000 litr etil spirtini ushbu korxonada norasmiy ishlab kelgan S.I.dan jami 153 mln soʼmga sotib olishga kelishib, ushbu spirt mahsulotini boshqa bir fuqaro F.M.ga 13 700 АQSh dollariga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qoʼlga olingan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 25, 251-1-moddasi (kuchli taʼsir qiluvchi yoki zaharli moddalarni qonunga xilof ravishda muomalaga kiritish), 186-1-moddasi (etil spirti, alkogolli mahsulot va tamaki mahsulotini qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish yoki muomalaga kiritish) bilan jinoyat ishlari qoʼzgʼatilib, tergov harakatlari oʼtkazilmoqda.