16:47 (19.05.2023)

1804

Kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalarini sotayotgan dorixona sotuvchilari ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Sergeli tuman boʼlimi tomonidan DXX xodimlari bilan hamkorlikda oʼtkazilgan tezkor tadbirda “Z.F.” MChJga qarashli dorixona sotuvchisi Sh.R. fuqaro D.А.ga 4 dona “Zardeks” nomli kuchli taʼsir qiluvchi dori vositasini 200 ming soʼmga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlanib, uning yonidan oʼtkazish maqsadida olib kelingan jami 89 dona oq qizil kapsuladagi dori vositalari ashyoviy dalil sifatida olingan.

Shu kabi, “H.F.” MChJga qarashli dorixona sotuvchisi X.А. 4 dona “Zardeks” nomli dori vositasini 200 ming soʼmga sotgan vaqtida ushlanib, uning yonidan jami 22 dona dori vositalari ashyoviy dalil sifatida olingan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 251-1-moddasi (kuchli taʼsir qiluvchi yoki zaharli moddalarni qonunga xilof ravishda muomalaga kiritish) bilan jinoyat ishlari qoʼzgʼatilib, tergov harakatlari oʼtkazilmoqda.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech