15:57 (19.06.2023)

1662

Qurbon hayiti 28 iyunga toʼgʼri keladi

19 iyun, dushanba kuni Zulhijja oyining birinchi kunidir, deya maʼlum qildi Oʼzbekiston Musulmonlari idorasi. Shunga koʼra, bu oyning 10-sanasidan boshlanadigan Qurbon hayiti bayrami milodiy 28 iyun, chorshanbaga toʼgʼri kelmoqda.

Qurbon hayiti munosabati bilan ish haftasining turidan qatʼi nazar barcha xodimlar uchun 29-30 iyunь kunlari, olti kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar uchun 1 iyul kuni qoʼshimcha dam olish kuni sifatida belgilandi.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech