17:18 (30.06.2023)

2583

"Dok-1 Maks” fojiasining siri fosh etildi

Oʼtgan yili Oʼzbekistonda 20 bolaning oʼlimiga sabab boʼlgan “Dok-1 Maks” yoʼtal siropini ishlab chiqargan Hindistonning Marion Biotech kompaniyasi dori vositalari uchun sanoat darajasida ishlatiladigan zaharli moddadan foydalangani maʼlum boʼldi. Bu haqda “Reuters” xabar berdi.

Qayd etilishicha, Marion Biotech sirop tayyorlashda foydalanilgan propilen glikol moddasini Maya Chemtech India savdo belgisidan sotib olgan. Аmmo Maya Chemtech farmatsevtika uchun moʼljallangan mahsulotlarni sotish uchun litsenziyaga ega boʼlmay, askincha, faqat sanoat toifasi bilan shugʼullangan.

"Biz Marion undan yoʼtal siropi tayyorlash uchun foydalanishini bilmasdik. Bizga mahsulotimiz qaerda ishlatilishi aytilmagan", deydi tergovda shaxsini oshkor qilishni istamagan odam.

Manbalarda qayd etilishicha, Marion Biotech yuvish vositalari, antifrizlar, boʼyoqlar yoki qoplamalarda keng qoʼllaniladigan va pestitsidlarning samaradorligini oshirish uchun sanoat darajasida ishlatiladigan propilen glikoldan dori tayyorlash uchun foydalangan. Sanoat darajasidagi propilen glikol toksik material hisoblanadi.

Shuningdek, kompaniya Oʼzbekistonda sotilgan siroplarining ingridientlarini qoʼllashdan oldin tekshirib koʼrmagani maʼlum qilingan.

Maʼlumot uchun, Hindistonning dori vositalari va kosmetika qoidalariga koʼra, ishlab chiqaruvchilar oʼzlari foydalanadigan ingredientlarning xavfsizligini taʼminlash uchun javobgar sanaladi.

Marion Biotech'ga sanoat darajasidagi moddani sotgan Maya Chemtech'ga nisbatan hech qanday ayblov qoʼyilmagan. Аmmo tergov harakatlari davom (https://qalampir.uz/news/dok-1-maks-fozhiasining-siri-fosh-etildi-85123) ettirilmoqda.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech