14:37 (28.02.2024)

783

Reimbursatsiya tizimidan qanday tartibda foydalanish mumkin?

Reimbursatsiya soʻzining maʼnosi xarajatlarni qoplash  boʻlib, surunkali kasalliklarni davolash uchun shifokor buyurgan dorilar xarajatini qoplash nazarda tutilgan.  Bunda oilaviy shifokor  yozgan elektron retsept asosida bemor Jamgʻarma bilan shartnoma tuzgan dorixonalardan dorilarni bepul oladi.

Mazkur tizimni Sirdaryo viloyati va Toshkent shahrida rivojlantirish maqsadida bir qator ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, Sirdaryo viloyatida “D” toifadagi bemorlar roʻyxati shakllantirilgan boʻlib, 2023-yilda  15 ming 447  nafar bemorga retsept yozildi. Buning uchun Jamgʻarma 1  milliard 300 million soʻmdan koʻproq mablagʻ yoʻnaltirilgan.

Toshkent shahrida ham 2023-yilning 1-avgustidan Yunusobod tumanida reimbursatsiya tizimi joriy qilindi.

2024-yilda Toshkent shaharidagi tumanlarda  reimbursatsiya dasturini bosqichma-bosqich joriy qilish rejalashtirilgan. Hozirda Olmazor va Chilonzor tumanlarida  reimbursatsiya dasturini joriy qilish ishlari olib borilmoqda.

2024-yil iyul oyidan Qoraqalpogʻiston Respublikasining Nukus shahri, Qoʻngʻirot, Chimboy tumanlarida reimbursatsiya dasturini joriy  etiladi.

 "Dori-Darmon" aksiyadorlik kompaniyasiga qarashli Sirdaryo viloyatidagi 40 ta va Toshkent shahridagi 10 ta dorixona va dorixona shoxobchalari reimbursatsiya  dasturiga ulangan boʻlib,  2023-yil davomida 962,6 mln. soʻmlik dori vositalari elektron retsept orqali bemorlarga bepul berildi.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech