16:00 (08.06.2023)

1519

Sogʼliqni saqlash vazirligi jazirama kunlarda salomatlikni qanday saqlash kerakligini aytdi

Yildan yilga yoz mavsumida havo harorati yuqorilab bormoqda. Аlbatta, bunga qator texnogen va tabiiy omillar taʼsir qilyapti. Bunday sharoitda insonlar anomal issiq ob-havoda yashashga koʼnikishiga toʼgʼri keladi. Xoʼsh, yoz chillasini qanday oʼtkazish kerak?

Issiq havoda tabiiy, yorqin rangdagi, paxta matosidan boʼlgan kiyimlarni kiyish maqsadga muvofiq, — deydi Olmazor tumani tibbiyot birlashmasi boshligʼi Аzizbek Nizamov. — Mavsumga mos bunday liboslar terining nafas olishiga imkon yaratadi, tana qizib ketishining oldini oladi.

Iloji boricha toʼgʼri tushayotgan quyosh nuridan saqlanishga harakat qilish va bosh kiyim kiyib yurish lozim.

Quyosh nuri soat 12:00 dan 16:00 gacha juda faol holatda boʼladi. Shuning uchun bu vaqt oraligʼida koʼchaga chiqishni rejalashtirmagan maʼqul.

Аmmo tashqariga chiqishga zarurat boʼlsa, tananing ochiq joylarini quyosh nuridan asrashga harakat qilish kerak.

Issiq ob-havoda organizmda suv balansi buziladi hamda koʼp namlik yoʼqotiladi. Shuning uchun jaziramada kuniga 3 litrdan kam boʼlmagan miqdorda suyuqlik ichish zarur. Yoz kunlari chanqoqni olcha, olma va nordon mevalardan tayyorlangan sharbatlar, ayron hamda limonli suvlar bosadi.

Jazirama kunlarda qahvadan voz kechgan maʼqul. Chunki u issiq kunda charchoqni oshiradi. Shirin va gazlangan ichimliklar ham tavsiya etilmaydi. Issiq ob-havoda spirtli ichimliklardan tiyilish kerak.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech