15:28 (03.07.2023)

2532

SSV: Oʼzbekiston “poliomielitdan xoli hudud” maqomini 20 yildan ortiq saqlab kelmoqda

Yurtimizda soʼnggi yillarda boshqariluvchi yuqumli kasalliklarga qarshi profilaktik emlashlar bilan qamrov darajasi 95-98 foizni tashkil etyapti. 

Mamlakatimizda 2003 yildan buyon vaktsinatsiyadan soʼng nojoʼya holatlar roʼyxatga olingani yoʼq.

Immunizatsiya tadbirlarining muntazam va samarali olib borilishi natijasida 1996 yildan buyon respublikamizda poliomielit kasalligi tugatilgan.

Oʼzbekiston 2002 yilda “Poliomielitdan xoli hudud”, 2017 yilda esa “Qizamiq va qizilchaning 36 oylik eliminatsiyasiga erishgan hudud” nomli xalqaro sertifikatlarni olishga muvaffaq boʼlgan.

Bu boradagi tizimli ishlar davom ettirilib, 2023 yil boshidan beri 368 992 nafar 4 oylik, 348 160 nafar 9 oylik bolalar poliomielitga qarshi emlandi.

Qoʼshni davlatlardagi epidemik vaziyatni eʼtiborga olgan holda, mamlakatimizning Аfgʼoniston, Tojikiston davlatlari bilan chegaradosh boʼlgan Surxondaryo viloyatida 14 yoshgacha boʼlgan 1 million 750 ming nafar bola oʼrtasida bu xastalikka qarshi tozalov-emlash tadbirlari oʼtkazildi.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech