11:47 (15.05.2024)

1260

Stress saratonga olib keladi - onkolog

Stress xavfli oʼsmalar rivojlanishiga sabab boʼlishi mumkin – bu haqda onkolog Yevgeniy Cheremushkin tushuntirish berdi.

Shifokorning soʼzlariga koʼra, agar odam uzoq vaqt yoki surunkali stressda boʼlsa, uning immuniteti - tananing saratonga qarshi asosiy himoyasi pasayadi.

“Immunitet - bu oʼsimta oʼsishi potentsiali boʼlgan hujayralar paydo boʼlishiga qarshi bizning asosiy himoya tizimimiz. Shuning uchun stress saraton rivojlanishiga bevosita emas, balki bilvosita taʼsir qiladi. Binobarin, asabiy odamlar saraton kasalligidan koʼproq aziyat chekishadi”.

Saraton belgilari toʼsatdan vazn yoʼqotish, hatto eng kichik jismoniy faollikda ham charchoqni his qilish va zaiflik boʼlishi mumkin. Uning taʼkidlashicha, onkologiya dastlabki bosqichlarda alomatsiz rivojlanadi, shuning uchun oʼz vaqtida tekshiruvdan oʼtib turish juda muhimdir.

Cheryomushkin teri, oʼpka va ichaklarga alohida eʼtibor berishni tavsiya qildi – aynan shu organlar salbiy ekologik omillarga birinchi boʼlib javob berib, saraton statistikasida yetakchilik qiladi

Uzoq muddatli stress immunitet tushishiga sabab boʼlishi bilan bir qatorda yurak-qon tomir va asab tizimi kasalliklariga olib kelishi mumkin.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech