12:48 (04.04.2024)

877

Olimlar elektron sigaretalar yurak-qon tomir tizimiga zarar yetkazishini aniqlashdi

MedicalXpress veb-saytida eʼlon qilingan press-relizga koʼra, elektron sigaretadan foydalanadigan odamlarda, ularni hech qachon ishlatmaganlarga qaraganda yurak xastaligi xavfi oshadi.

Tadqiqotchilar elektron sigaretani isteʼmol qilish va yurak yetishmovchiligi diagnostikasi oʼrtasidagi bogʼliqlikni tahlil qilish uchun АQShdagi Milliy sogʼliqni saqlash instituti tomonidan oʼtkazilgan tadqiqot asosida katta yoshlilarning maʼlumotlari va elektron sogʼliqni saqlash yozuvlarini tahlil qilindi. Oʼrtacha 52 yoshli jami 175 667 kishi qamrab olindi. 45 oylik kuzatuv davrida 3242 kishida yurak yetishmovchiligi kuzatildi.

Elektron sigaretadan qachonlardir foydalanganlarda yurak yetishmovchiligi rivojlanish xavfi elektron sigaret chekmaganlarga qaraganda 19 foizga yuqori boʼlishi aniqlandi.  

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech