14:50 (11.10.2022)
2209
Tibbiy niqob turlari va ulardan foydalanish haqida Toshkent tibbiyot akademiyasi o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori, tibbiyot fanlari doktori, professor Shuhrat Boymurodov batafsil so‘zlab berdi:
— Hozirgi kunda tibbiy niqoblarning bir necha turlari mavjud. Ular sirasiga: kunlik (muolaja) niqoblar, maxsus xirurgik niqoblar, sterillangan va sterillanmagan niqoblar kiradi.
Kunlik (muolaja) niqoblar – bir marotabalik tibbiy mahsulot hisoblanib, uchta qavatdan iborat: ichki va tashqi qavati, o‘rtasida filьtri bo‘ladi.
Maxsus tibbiyot niqoblari 4 qism bo‘lib, filьtr, ichki va tashqi qismlaridan tashqari suyuqlik o‘tkazmaydigan maxsus plast qismiga ham ega. Niqobning ushbu qismi teri qoplamasini turli biologik suyuqliklardan himoya qiladi.
Sterillanmagan niqoblar kundalik faoliyatda qo‘llaniladi. Sterillangan niqoblar esa maxsus toza joylarda foydalaniladi (xirurgik muolaja jarayonida, laboratoriyada va hokazo).
Tibbiy niqoblardan 2 soatdan 6 soatgacha foydalanish mumkin. Bundan tashqari, virus organizmga nafaqat nafas olish tizimi, balki ko‘z kon'yuktivasi, ochiq yaralar va ifloslangan qo‘llar orqali ham yuqishi mumkin. Shuning uchun ham, yuz va ko‘zlarga yuvilmagan qo‘llar bilan tegmaslik kerak.
Tibbiy niqoblarning yana bir turi, respiratorlar niqoblar. Oddiy tibbiy niqoblarga qaraganda respiratorlar – kasallik tashuvchi bemor uchun xavfsiz hisoblanadi va ularning bir necha turlari mavjud. Ular nafas organlarini chang va toksik, notoksik aerozollar, bakteriya va radioaktiv metall zarrachalaridan himoyalaydi va 8 soatgacha vaqt maboynida 80 foizdan 99 foizgacha virusdan himoya qiladi.