08:59 (08.11.2024)
557
Britaniyalik olimlar yoshligida qandli diabet bilan kasallangan odamlarda 40 yoshdan keyin mazkur kasallik rivojlanganlarga qaraganda xavfli oqibatlari yuqoriroq ekanligini aniqlashdi.
Tadqiqot natijalari The Lancet Diabetes & Endocrinolog jurnalida chop etildi.
Bir guruh tadqiqotchilar 4550 nafar 25 yoshdan 65 yoshgacha boʻlgan yangi qandli diabet tashxisi qoʻyilgan bemorlarni sogʻligini 30 yil davomida kuzatib borishdi. Tadqiqot natijalari shuni koʻrsatdiki, ushbu turdagi kasalliklarga erta chalinish koʻzning shikastlanishi (diabetik retinopatiya) va buyrak yetishmovchiligi kabi asoratlar xavfini oshiradi, shuningdek, erta hayotdan koʻz yumish ehtimolini oshiradi.
Bundan tashqari, erta tashxis qoʻyilgan yoshlarda qondagi qand miqdorini nazorat qilishda doimiy qiyinchiliklar yuzaga keladi, bu ham kasallikning kechishini ogʻirlashtiradi. Tadqiqotchilarning taʼkidlashicha, 2-toifa diabetga chalingan yosh (40 yoshgacha) bemorlarda yuqori qand miqdori qonga uzoq vaqt taʼsir qilishi umr koʻrish davomiyligini qisqartirishi mumkin.