14:50 (07.11.2024)

603

Novo Nordisk: "Ozempik" ning "dorixona" nusxalari 10 kishining o‘limiga olib keldi

Semaglutidga assolangan("Ozempik" va "Wegovy") dori vositalarini ishlab chiqaruvchi Novo Nordisk kompaniyasiga mahsulotlarining kombinatsiyalangan "dorixona" nusxalarini qabul qilish natijasida kamida 100 ta bemor kasalxonaga yotqizilganidan va 10 ta o‘lim holatidan xabardor.

Bu haqda kompaniyaning moliya direktori Karsten Munk Knudsen uchinchi chorak yakunlariga bag‘ishlangan matbuot anjumanida ma’lum qildi.

Uning tushuntirishicha, kompaniya "bozordagi bir qator kombinatsiyalangan mahsulotlarning namunalarini tahlil qilgan va ko‘plab xavfsizlik muammolarini aniqlagan", shuningdek, kasalxonaga yotqizish va o‘lim holatlari haqida ma’lumot to‘plagan.

O‘tgan oyda "Novo Nordisk" FDAga "Ozempik" va " Wegovy"ning nusxalarini ishlab chiqarishni taqiqlashni so‘rab murojaat qilgandi. Daniya kompaniyasining ta’kidlashicha, bu preparatlarning formulasi juda murakkab, demakki bu, natijada olingan mahsulot xavfli dori bo‘lishi mumkinligini anglatadi.

Qo‘shma Shtatlarda dori vositalarining yetishmovchigi yuzaga kelganda dorixona-kompaunderlarda retsept bo‘yicha dori-darmonlarni ishlab chiqarishga ruxsat beriladi. Yaqin vaqtgacha ushbu ro‘yxatda semaglutid faol moddasi bo‘lgan dorilar bor edi. Bugungi kunda FDA veb-saytida "Ozempik" va " Wegovy" ning barcha dozalari "yetarli" ekanligi ko‘rsatilgan.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech