12:11 (27.02.2024)

824

2023 yilda АQShda yangi dorilarning narxlari 35% oshgan

Oʼtgan yili Аmerika bozorida yangi dori-darmonlarning narxi 2022 yilga qaraganda 35 foizga koʼtarilgan. Bu qisman mushak distrofiyasi kabi noyob kasalliklarni davolash uchun moʼljallangan qimmat dori-darmonlarga boʼlgan talabni oshishi bilan bogʼliq.

Reuters agentligining 47 ta dori vositalari narxlari ustida olib borgan tahliliga koʼra, 2023 yilda tavsiya etilgan oʼrtacha yillik chakana narx 222 ming dollardan 300 ming dollarga yetgan. Biroq, JАMАda chop etilgan tadqiqot natijalari shuni koʼrsatadiki, 2021 yil iyulь oyi oʼrtalarida sotuvga chiqgan 30 ta yangi dorining oʼrtacha yillik narx 180 000 dollarni tashkil etgan.

АQSh oziq-ovqat va farmatsevtika idorasi (FDА) tomonidan 2022 va 2023 yillarda tasdiqlangan yangi dorilarning yarmidan koʼpi orfan kasalliklar uchun moʼljallangan.

Reuters FDА tomonidan 2023 yilda tasdiqlangan 55 ta va 2022 yilda tasdiqlangan 37 ta dori vositalarining narxlarini tahlil qildi. Shu bilan birga, 17 ta biologik dori vositalari, 4 ta gen terapiyasi uchun moʼljallangan dorilar uchun ruxsat olgan.

Tahlilga kiritilgan 47 ta dori vositasi ichidan eng yuqori narx (1,8 mln. dollar) Regeneron kompaniyasining Veopoz preparatiga belgilandi. Mazkur dori vositasi kam uchraydigan irsiy kasallik CHAPLE sindromini davolash uchun moʼljallangan. Butun dunyo boʼylab 100 taga yaqin odamda shunday tashxis qoʼyilgan.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech