09:03 (12.03.2024)

874

Husnbuzarlarga qarshi CLEARASIL va CLINIQUE vositalari tarkibida kanserogen moddalar aniqlandi

Clinique ( Estee Lauder), Up & Up (Target) va Clearasil (Reckitt Benckiser)  nomli husnbuzarlarga qarshi vositalar tarkibida koʻp miqdorda kimyoviy benzol kanserogeni aniqlandi, deb xabar beradi Valisure mustaqil amerika laboratoriyasi.

 Valisure AQSH oziq-ovqat va farmatsevtika idorasiga mahsulotlarni qaytarib olish, tekshirish va sanoat yoʻriqnomalarini koʻrib chiqish boʻyicha ariza yubordi.

 Estee Lauder aksiyalari 2 foizga tushib ketdi. Valisure maʼlumotlariga koʻra,  Proactiv, PanOxyl, Walgreens husnbuzarlarga qarshi sovuni va Walmart Equate Beauty xusnbuzarlarga qarshi kremida ham benzol topilgan.

Valisurening taʼkidlashicha, husnbuzarni davolashda qoʻllaniladigan vositalarda benzoil peroksid "qabul qilib boʻlmaydigan darajada yuqori"  boʻlishi mumkin.

Valisurega koʻra, benzoil peroksid asosidagi husnbuzarni davolashda ishlatiladigan, retsept boʻyicha va retseptsiz sotiladigan vositalarda  benzol "qabul qilib boʻlmaydigan darajada yuqori miqdorda" boʻlishi mumkin.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech