11:56 (07.03.2024)

718

Glyukoza darajasini nazorat qiluvchi birinchi biosensor monitoring tizimi tasdiqlandi

AQSh oziq-ovqat va farmatsevtika idorasi (FDA) Dexcom kompaniyasining glyukoza darajasini nazorat qiluvchi biosensor monitoring tizimi- Steloni retseptsiz sotish uchun tasdiqladi. Bu AQSh tomonidan tasdiqlangan birinchi glyukoza nazorati qurilmasi boʼlib, uni shifokor tavsiyasisiz sotib olish mumkin.

Stelo tizimi insulin ishlatmaydigan bemorlar uchun moʼljallangan. Stelo smartfon yoki boshqa gadjet uchun ilova bilan birlashtirilgan taqiladigan sensorni oʼz ichiga oladi. Qurilma doimiy ravishda glyukoza darajasini oʼlchaydi, qayd qiladi va tahlil qiladi. Biroq, u taqdim etgan maʼlumotlar shifokor bilan maslahatlashmasdan qaror qabul qilishga yordam berish uchun moʼljallanmagan. Sensorni 15 kungacha taqish mumkin, shundan soʼng uni almashtirish kerak.

"Stelo glyukoza biosensor tizimi foydalanuvchiga turmush tarzi va xulq-atvoridagi oʼzgarishlar, jumladan, parhez va jismoniy mashqlar glyukoza darajasiga qanday taʼsir qilishini yaxshiroq bilish uchuna yordam beradi", deyiladi kompaniya veb-saytida.

Dexcomning taʼkidlashicha, АQShda 2-toifa diabetga chalingan taxminan 25 million odam insulin ishlatmaydi va ular glyukozani doimiy nazorat qilish uchun Stelo texnologiyasidan foydalanishi mumkin.

Stelo 2024 yilning yozidan boshlab retseptsiz, shu jumladan onlayn xaridga chiqarilishi kutilmoqda.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech