15:00 (19.10.2023)

1036

Farmatsevtika sanoatini rivojlantirish boʼyicha Komissiya tarkibiga oʼzgartirishlar kiritildi

“2022–2026 yillarda respublikaning farmatsevtika tarmogʼini jadal rivojlantirishga oid qoʼshimcha chora-tadbirlar toʼgʼrisida” Prezident farmoni (PF-168, 12.10.2023 y.) qabul qilindi.

Unga koʼra,  2024 yil 1 yanvardan farmatsevtika mahsulotlari xaridlariga ajratilishi rejalashtirilgan Davlat byudjeti mablagʼlari miqdori doirasida mahalliylashtiriladigan farmatsevtika mahsulotlarini ijobiy klinik sinovlar natijalari, davlat roʼyxatidan oʼtkazish hamda sertifikatlash jarayonlari asosida 10 yilgacha boʼlgan muddatga shartnoma tuzish orqali kafolatli xarid qilish mexanizmi joriy etiladi.

Shuningdek, PF-55-son Farmoni 4-ilovasi -Farmatsevtika sanoatini rivojlantirish boʼyicha Komissiya tarkibiga ham oʼzgartirishlar kiritildi. Komissiya tarkibida "Dori-Darmon" aktsiyadorlik kompaniyasi Boshqaruv raisi Umida Salixbaeva ham bor.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech