09:05 (13.10.2023)

1355

Oʼrindoshlik asosida ishlaydigan tibbiyot xodimiga malaka toifasi boʼyicha ustama toʼlanadimi?

Malaka toifasini olish uchun murojaat qilgan tibbiyot va farmatsevtika xodimlarining mutaxassislik boʼyicha ish staji qonunchilik hujjatlariga muvofiq aniqlanadi.

Shuningdek, Sogʼliqni saqlash vazirining buyrugʼi bilan tasdiqlanadigan turdosh mutaxassisliklar boʼyicha ish staji ham hisobga olinadi.

Tibbiyot va farmatsevtika xodimi mutaxassisligining nomlanishi oʼzgarganda, uning oldingi mutaxassisligi boʼyicha olgan malaka toifasi boʼyicha mehnatga haq toʼlash shartlari saqlanadi.

Keyinchalik yangi nomdagi mutaxassislik boʼyicha malaka toifasini olish uchun murojaat qilganda oldingi mutaxassisligi boʼyicha ish staji va olgan malaka toifasi inobatga olinadi.

Shifokorlar malaka toifasini olish boʼyicha asosiy va oʼrindosh ish joyidagi mutaxassisliklarning har biri boʼyicha malaka toifasini olishi lozim.

Bunda mutaxassislar tegishli mutaxassislik boʼyicha belgilangan talablarga javob berishi kerak.

Tibbiyot yoki farmatsevtika xodimlariga oʼrindoshlik asosidagi ish joyida mutaxassisligi boʼyicha olgan malaka toifasi uchun ham belgilangan tartibda toʼlov amalga oshiriladi.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech