14:43 (18.04.2024)

456

JSST : virusli gepatit har kuni 3500 kishining hayotiga zomin boʼladi

Jahon sogʼliqni saqlash tashkilotining 2024 yilgi global gepatit hisobotiga koʼra ushbu kasallik qurbonlari soni doimiy ravishda oʼsib bormoqda. Gepatit dunyoda eng koʼp odamlar vafot etadigan yuqumli kasalliklar orasida ikkinchi oʼrinda turadi: u yiliga 1,3 million oʼlimga sabab boʼladi - bu yuqumli kasalliklar orasida oʼlimning asosiy sababi boʼlgan sil kasalligi bilan bir xil.

Butun jahon gepatit sammitida taqdim etilgan ushbu hisobotda diagnostika va davolashning yaxshilanishiga va arzon tibbiy mahsulotlarga qaramay, test va davolashni qamrab olish koʼrsatkichlari oʼsmagan. Аmmo, agar hozir chora koʼrilsa, JSSTning 2023 yilgacha gepatitni bartaraf etish maqsadiga erishish mumkin boʼladi.

187 mamlakatdan olingan yangi maʼlumotlar shuni koʼrsatadiki, virusli gepatitdan vafot etganlarning taxminiy soni 2019 yildagi 1,1 milliondan 2022 yilda 1,3 millionga koʼpaygan, 83 foiz gepatit B va 17 foiz gepatit C sabab boʼlgan. Har kuni dunyo boʼylab 3500 kishi gepatit B va C infektsiyasidan vafot etadi.

Jahon sogʼliqni saqlash tashkilotining yangilangan hisob-kitoblariga koʼra, 2022 yilda gepatit B bilan kasallanganlar soni 254 million va C gepatiti bilan kasallanganlar soni 50 million kishini tashkil qiladi. Surunkali gepatit B va C infektsiyalari bilan kasallanganlarning yarmi 30-54 yoshdagi insonlar, 12% esa 18 yoshgacha boʼlgan bolalar hisoblanadi. Barcha holatlarda kasallanishning 58% ni erkaklar tashkil qiladi.

Yangi hisob-kitoblar 2019 yilga nisbatan gepatit biroz pasayganligini koʼrsatmoqda, ammo virusli gepatitning umumiy tarqalishi yuqoriligicha qolmoqda. Har kuni 6000 dan ortiq odam virusli gepatit bilan kasallanadi.

Qayta koʼrib chiqilgan hisob-kitoblar milliy tadqiqotlarning kengaytirilgan maʼlumotlariga asoslanadi.

Hisobotda shuningdek, 2030 yilgacha kasallik epidemiyasini tugatish yoʼlidagi harakatni tezlashtirish uchun bir qator chora-tadbirlar belgilab berilgan:

- test va diagnostika vositalaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish;
- teng munosabatni taʼminlash uchun strategiyalardan amalga oshirishga oʼtish;
- birlamchi tibbiy yordam doirasida profilaktika choralarini kuchaytirish;
- xizmatlar koʼrsatishni soddalashtirish, tartibga solish va mahsulot yetkazib berishni optimallashtirish;
- gepatit bilan kasallangan insonlar va fuqarolik jamiyatini jalb qilish orqali gepatit B diagnostikasi va potentsial davolash usullarini takomillashtirish boʼyicha tadqiqot ishlarini rivojlantirish.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech