11:30 (14.06.2023)

1690

Kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalarini noqonuniy muomalaga kiritmoqchi boʼlganlar shaxslar qoʼlga olindi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Marhamat tuman boʼlimi tomonidan DXX va IIB xodimlari bilan hamkorlikda oʼtkazilgan tezkor tadbirda fuqaro Sh.Yu. Xoʼjaobod tumanidagi avtomobillar bozori yonida 1120 dona “Regapen” va 100 dona “Tropikamid” nomli kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalarini oʼtkazish maqsadida olib kelgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Shu kabi, Departamentning Shayxontohur tuman boʼlimi tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda Nurafshon koʼchasida oʼtkazilgan tezkor tadbirda fuqaro Sh.А. oʼzining “SPARK” rusumli avtomobilida 272 dona “Regapen”, 2 dona “Tropikomid” va 1 dona zarli qogʼozga oʼralgan sargʼish rangli saqichga oʼxshash moddani oʼtkazish maqsadida olib yurganligi aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida ushlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qoʼzgʼatilib, tergov harakatlari oʼtkazilmoqda.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech