08:49 (12.06.2024)

388

JSST iqlim oʼzgarishining salomatlikka jiddiy taʼsiridan ogohlantirmoqda

Iqlim oʼzgarishi sababli homilador ayollar, chaqaloq va oʼsmirlar hamda keksa yoshdagi odamlar sogʼligʼida jiddiy muammolarga duch kelmoqda,— deya xabar beradi “Journal of Global” nashri.

JSSTning taʼkidlashicha, olimlar iqlim oʼzgarishi bilan bogʼliq maqolalarda issiqlik toʼlqinlaridan tortib havoning ifloslanishi va oʼrmon yongʼinlari, suv toshqini kabi tabiiy ofatlargacha boʼlgan xavflar haqida bong urishgan, biroq keksa va homilador ayollar uchun salbiy taʼsiri haqida yetarlicha maʼlumot berishmagan. 

— Misol uchun, endilikda ilmiy ishlar natijasi oʼlaroq, haddan tashqari issiqlik–bolalar oʼlimining asosiy sababi sifatida koʼrsatilmoqda. Jazirama issiq kunlari keksalarda yurak xuruji va nafas olish qiyinlashuviga olib keladigan vaziyat koʼp kuzatiladi. Bugungi kundagi iqlim oʼzgarishiga 1°C qoʼshilib borgani sari, chaqaloqlar oʼlimi xavfini 22,4% ga oshirmoqda, – deydi JSSTning ona va bolalar salomatligi boʼyicha direktori Аnshu Banerji.

JSST ekspertlari tomonidan tuzilgan “Hayot davomida iqlim oʼzgarishi” deb nomlangan toʼplamda iqlim xavf-xatarlari tufayli yuzaga keladigan oʼzgarishlar haqida foydali maʼlumotlar berilgan. 

Yuqori harorat homilador ayollarda tugʼilishning erta boshlanishi, oʼlik tugʼilish, shuningdek, qandli diabet ortishi bilan bogʼliq holatlarni keltirib chiqaradi. Qolaversa, saraton, yurak-qon tomir kasalliklari va pnevmaniya xavfi yuqori boʼlgan bolalar va keksa odamlarda nafas olish kasalliklari xavfini oshiradi. 

Iqlim bilan bogʼliq tabiiy ofatlar ruhiy va jismoniy salomatlikka sezilarli taʼsir koʼrsatadi. Suv toshqini va qurgʼoqchilik xavfsiz suv va oziq-ovqat taʼminotidan foydalanishni kamaytirdi. Iqlim oʼzgarishi bevosita oziq-ovqat, suv tanqisligi va suv bilan yuqadigan yuqumli kasalliklarning koʼpayishi kabi falokatlarga olib keladi. 

Yer yuzidagi yuqori haroratni pasaytirish uchun issiqxona gazlari va chiqindilarni kamaytirish zarur. Buni butun dunyoda birdan amalga oshirish deyarli imkonsiz. 

JSST mutuxassislarti 2023 yildagi yuqori harorat 170 yildan beri kutilmaganini va buning oqibatida minglab gektardagi oʼrmonlar yongʼindan kul boʼlganini aytib oʼtgan. Аfsuski, 2024 yil yoz mavsumi oʼtgan yilgidan ham issiq boʼlishi kutilmoqda. Demak, har birimiz oʼz salomatligimizga eʼtiborli hamda ona tabiatga gʼamxoʼr boʼlishimiz zarur.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech