Yangiliklar

not found

Nazorat-kassa texnikasini va hisob-kitob terminallarini qoʼllash tartibini buzish javobgarlikka sabab boʼladi

Tadbirkorlik subʼektlari onlayn nazorat-kassa mashinalari va virtual kassalardan foydalanishi hamda mijozlarga taqdim qilingan xarid chekida tovarlar nomi, miqdori, qiymati (narxi), summasi, qoʼshilgan qiymat soligʼi toʼlovchisi boʼlganda qoʼshilgan qiymat soligʼi stavkasi va summasi, shuningdek QR-kod va fiskal belgi majburiy tartibda aks ettiriladi. Ushbu maʼlumotlar aks ettirilmagan cheklar haqiqiy hisoblanmaydi. Toʼlov terminal orqali yoki naqd pulda amalga oshirilishidan qatʼiy nazar xaridorga fiskal chek berilishi lozim. Nazorat-kassa texnikasini qoʼllamasdan savdoni amalga oshirganlik va xizmatlar koʼrsatganlik, xaridorga chek bermasdan tovarlarni realizatsiya qilganlik va xizmatlar koʼrsatganlik soliq huquqbuzarligi sanaladi va belgilangan tartibda javobgarlikka tortishga asos boʼladi. Yaʼni, bunday hujjatlarni bermasdan tovarlarni realizatsiya qilganlik va xizmatlar koʼrsatganlik, shuningdek hisob-kitob terminallari orqali toʼlovlarni qabul qilishni rad etganlik — besh million soʼm miqdorida jarima solishga sabab boʼladi. Soliq organlarida roʼyxatga olinmagan nazorat-kassa texnikasini qoʼllagan yoki sotib oluvchiga kvitantsiyalar, talonlar, cheklar yoki ularga tenglashtirilgan hujjatlarni bergan holda savdoni amalga oshirganlik va xizmatlar koʼrsatganlik, — yetti million soʼm miqdorida jarima solishga sabab boʼladi. Boshqa shaxslar nomiga rasmiylashtirilgan hisob-kitob terminallaridan soliq toʼlovchi tomonidan foydalanilishi, — yigirma million soʼm miqdorida jarima solishga sabab boʼladi. Texnik talablarga muvofiq boʼlmagan yoki xizmat koʼrsatish dasturi buzilgan nazorat-kassa texnikalaridan foydalanganlik, — yigirma million soʼm miqdorida jarima solishga sabab boʼladi.

  • 11 May, 11:10
  • Batafsil
not found

Dori vositalarining yon taʼsiri va qoʼllash mumkin boʼlmagan holatlar

Koʼpchilik bu tushunchalar orasidagi farq yoʼq, deb oʼylashadi. Аslida unday emas. Qoʼllash mumkin boʼlmagan holatlar — bu muayyan dori vositasidan foydalanish mumkin boʼlmagan holatlar yoki kasalliklar.Oddiy misollar: diklofenak oshqozon yarasi kuchayganida qoʼllanilmasligi kerak, nitroglitserin — past bosimda va penitsillinga allergiya boʼlsa, nafaqat uning oʼzi, balki boshqa antibiotik preparatlarini ham qoʼllash mumkin emas.Аgar ushbu talablar buzilgan boʼlsa, muammolar boʼlishi aniq, shuning uchun shifokor dori-darmonlarni buyurishdan oldin qoʼllash mumkin boʼlmagan holatlarni istisno qiladi. Nojoʼya taʼsir yoki preparatning nojoʼya reaktsiyasi — bu preparatni oddiy dozalarda qoʼllashda yuzaga keladigan, inson organizmi uchun kutilmagan va zararli reaktsiya. Yuzaga kelishi mumkin boʼlgan yon taʼsirlar dori vositalari qoʼllanmalarida batafsil keltiriladi.Yon taʼsirlar davolanish paytida, baʼzan undan keyin ham rivojlanishi mumkin. Ular bemorni qoʼrqitmasligi, ammo holatdagi oʼzgarishlar preparatni qabul qilish bilan bogʼliq boʼlishi mumkinligi uchun ham qoʼllanmalarda koʼrsatma sifatida keltirilgan. JSST ekspertlari salbiy reaktsiyalarning asosiy sabablarini keltiradi: - mutaxassislarning koʼrsatmalariga rioya qilmaslik;- retsept boʼyicha dorilar bilan oʼz-oʼzini davolash;- ortiqcha dozalar va qabul qilish muddati;- boshqa dorilar va oziq-ovqat bilan oʼzaro taʼsiri.

  • 11 May, 08:47
  • Batafsil
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech