14:16 (13.10.2022)
4315
Sitramon tarkibidagi kofein moddasi qon bosimining oshishiga sabab boʼladi. Shuning uchun sitramon gipertoniya bilan ogʼrigan bemorlarga tavsiya etilmaydi.
Qon bosimi normada boʼlganlar ham ushbu dorini ehtiyotkorlik bilan qabul qilishi, tavsiya etilgan meʼyordan aslo oshirib yubormasligi kerak. Eng muhimi, shifokor koʼrsatmalariga amal qilgan holda qabul qilish zarur.
Unutmang: sitramon davolamaydi, faqat simptomlarni yengillashtiradi, xolos.