Yangiliklar

not found

2011-yildan buyon nojoʼya taʼsirlar yuzasidan 5 mingdan ortiq xabarlar oʼrganilgan

Xabaringiz bor, joriy yilning 6-noyabr sanasidan butun jahonda dori vositalarining nojoʼya taʼsirlari haqida xabar berish muhimligi toʼgʼrisida habardorlikni oshirish maqsadida, #MedSafetyWeek-2023 global kampaniyasi oʼtkazilmoqda. Mazkur tadbirlarda dori vositalarini nazorat qiluvchi 85 dan ortiq agentliklar va bir qancha nodavlat tashkilotlar faol ishtirok etmoqda. Maʼlumot uchun, #MedSafetyWeek-2023 haftaligi – Jahon sogʼliqni saqlash tashkiloti (JSST)ning dori vositalarining xalqaro monitoringi markazi bilan hamkorlik qiladigan Uppsala (UMC)ning monitoring markazi tomonidan har yili oʼtkazib kelinadi. Kampaniya JSST va dori vositalarini boshqaruvchi organlar xalqaro koalitsiyasi(ICMRA) aʼzolari tomonidan qoʼllab quvvatlanadi. “Kim xabar berishi mumkin?” mavzusiga bagʼishlangan bu yilgi kompaniyada eʼtibor nojoʼya samaralar haqida xabar berishdagi har bir bemor, shifokor, tibbiyot hamshirasi va farmatsevtning asosiy roliga qaratilgan boʼlib, bundan koʼzlangan maqsad dori vositalarini xavfsiz qoʼllanilishiga yordam berishdir. Taʼkidlash joiz, aholini dori vositalari bilan bogʼliq zararlardan himoya qilish boʼyicha aniq chora – tadbirlarni belgilash maqsadida, Markazga kelib tushgan barcha hisobotlar puxta baholanadi va oʼrganiladi. Jumladan, 2011 yildan buyon nojoʼya taʼsirlar yuzasidan kelib tushgan besh mingdan ortiq xabarlar sinchkovlik bilan oʼrganilgan boʼlib, bunda bemorlar, ularni parvarish qiluvchi shaxslar, va tibbiyot xodimlar muhim oʼrin tutgan. Dori vositalarining nojuya taʼsirlari haqidagi xabarlarni Oʼzbekiston Respublikasi Sogʼliqni saqlash vazirligi huzuridagi "Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi" davlat muassasiga yuborishingiz mumkin.

  • 8 Noyabr, 09:00
  • Batafsil
not found

Ogʼir bolalar infektsiyalari patogenlari anʼanaviy antibiotiklarga chidamliligini koʼrsatdi

JSST tomonidan tavsiya etilgan koʼplab antibiotiklar pnevmoniya, sepsis va meningit kabi bolalar infektsiyalarini davolashda 50% dan kam samaradorlikni koʼrsatadi. 2013 yilgi tavsiyalarni yangilash kerak. Sidney, Oksford universitetlari va Avstraliyadagi bolalar markazlari olimlari Janubi-Sharqiy Osiyo va Tinch okeanidagi past va oʼrta daromadli mamlakatlardagi bolalarda keng tarqalgan empirik antibiotiklar sxemalari samaradorligini oʼrganishdi. Tadqiqot natijalari The Lancet: Regional Health jurnalida chop etildi. Empirik sxemalar qamrovini baholash uchun 11 mamlakatdan 6648 ta bakterial izolyatlardan olingan maʼlumotlar tahlil qilindi. Keyin maʼlumotlar bolalar infektsiyasini qoʼzgʼatuvchi oddiy bakteriyalarning oʼziga xos antibiotiklarga (aminopenitsillinlar, gentamitsinlar, uchinchi avlod sefalosporinlari va karbapenemlar) sezgirligini tekshirish natijalari bilan taqqoslandi. Neonatal sepsis/meningit uchun aminopenitsillin bilan qoplash 26%, gentamitsin bilan qoplash 45% ni tashkil etdi. Uchinchi avlod sefalosporinlari yangi tugʼilgan chaqaloqlarda sepsis/meningit uchun atigi 29%, bolalar sepsisi uchun 51% va bolalarda meningit uchun 65% ni tashkil etdi. Karbapenemlar eng yuqori qamrovni koʼrsatdi: neonatal sepsis/meningit uchun 81%, bolalar sepsisi uchun 83% va bolalar meningit uchun 79% (62-91). Shunday qilib mualliflar Osiyo-Tinch okeani mintaqasida neonatal va bolalar sepsisi va meningitini davolash uchun keng tarqalgan empirik davolash usullariga nisbatan yuqori qarshilik koʼrsatadigan dalillarni keltirdilar. 

  • 7 Noyabr, 15:07
  • Batafsil
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech