09:00 (08.11.2023)

1015

2011-yildan buyon nojoʼya taʼsirlar yuzasidan 5 mingdan ortiq xabarlar oʼrganilgan

Xabaringiz bor, joriy yilning 6-noyabr sanasidan butun jahonda dori vositalarining nojoʼya taʼsirlari haqida xabar berish muhimligi toʼgʼrisida habardorlikni oshirish maqsadida, #MedSafetyWeek-2023 global kampaniyasi oʼtkazilmoqda.

Mazkur tadbirlarda dori vositalarini nazorat qiluvchi 85 dan ortiq agentliklar va bir qancha nodavlat tashkilotlar faol ishtirok etmoqda.

Maʼlumot uchun, #MedSafetyWeek-2023 haftaligi – Jahon sogʼliqni saqlash tashkiloti (JSST)ning dori vositalarining xalqaro monitoringi markazi bilan hamkorlik qiladigan Uppsala (UMC)ning monitoring markazi tomonidan har yili oʼtkazib kelinadi. Kampaniya JSST va dori vositalarini boshqaruvchi organlar xalqaro koalitsiyasi(ICMRA) aʼzolari tomonidan qoʼllab quvvatlanadi.

“Kim xabar berishi mumkin?” mavzusiga bagʼishlangan bu yilgi kompaniyada eʼtibor nojoʼya samaralar haqida xabar berishdagi har bir bemor, shifokor, tibbiyot hamshirasi va farmatsevtning asosiy roliga qaratilgan boʼlib, bundan koʼzlangan maqsad dori vositalarini xavfsiz qoʼllanilishiga yordam berishdir.

Taʼkidlash joiz, aholini dori vositalari bilan bogʼliq zararlardan himoya qilish boʼyicha aniq chora – tadbirlarni belgilash maqsadida, Markazga kelib tushgan barcha hisobotlar puxta baholanadi va oʼrganiladi. Jumladan, 2011 yildan buyon nojoʼya taʼsirlar yuzasidan kelib tushgan besh mingdan ortiq xabarlar sinchkovlik bilan oʼrganilgan boʼlib, bunda bemorlar, ularni parvarish qiluvchi shaxslar, va tibbiyot xodimlar muhim oʼrin tutgan.

Dori vositalarining nojuya taʼsirlari haqidagi xabarlarni Oʼzbekiston Respublikasi Sogʼliqni saqlash vazirligi huzuridagi "Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi" davlat muassasiga yuborishingiz mumkin.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech