Yangiliklar

not found

Sogʼliqni saqlash sohasida qonunchilikni tizimlashtirish va kodifikatsiyalash joriy qilinadi

Oʼzbekiston Respublikasining Аholi sogʼligʼini saqlash kodeksini tasdiqlash toʼgʼrisidagi Qonun loyihasi muhokamaga qoʼyildi. Kodeks loyihasining tarkibi quyidagicha: Umumiy qism (5 ta bob): - asosiy qoidalar;- sogʼliqni saqlash sohasida davlat boshqaruvi;- Oʼzbekiston Respublikasi sogʼliqni saqlash tizimi va uni moliyalashtirish;- raqamli sogʼliqni saqlash;- sogʼliqni saqlash sohasi subʼektlarining huquq va majburiyatlari. Maxsus qism ( 16 ta bob): ➖jamoat salomatligi muhofazasini tashkil etishning oʼziga xos xususiyatlari;➖yuqumli va yuqumli boʼlmagan kasalliklar profilaktikasi;➖tibbiy yordam koʼrsatishning umumiy qoidalari;➖idoraviy tibbiyot;➖sogʼliqni saqlash sohasidagi alohida munosabatlarni tartibga solish;➖asosiy yuqumli va yuqumli boʼlmagan kasalliklarda tibbiy yordam koʼrsatish;➖aholining sanitar-epidemiologik osoyishtaligini taʼminlash;➖donorlik va transplantatsiya;➖farmatsevtik faoliyat, dori vositalari va tibbiy buyumlarning muomalasi;➖sogʼliqni saqlash sohasida taʼlim va ilmiy faoliyat;➖sogʼliqni saqlash sohasida kadrlar siyosati;➖tibbiyot va farmatsevtika xodimlarining maqomi;➖yakunlovchi qoidalar. Kodeksda 48 ta atamaning tushunchasi keltirilgan. Kodifikatsiya natijasi boʼyicha 34 ta normativ huquqiy hujjatni oʼz kuchini yoʼqotgan deb topish rejalashtirilgan. Loyiha oʼzgartirilishi, toʼldirilishi yoki rad etilishi mumkin.

  • 19 Oktyabr, 09:01
  • Batafsil
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech