11:50 (30.11.2023)
1849
“Rusan Pharma” farmatsevtika kompaniyasi Madxьya-Pradesh shtatidagi Pithampur shahrida yangi faol farmatsevtik ingredientlarni (API) ishlab chiqaruvchi zavodni ishga tushirdi. Ochilishda kompaniya taklifiga binoan “Dori-Darmon” АK tijorat direktori Nurali Husanov va «Fargʼona Dori-Darmon» АJ rahbari Muhammadamin Tursunovlar ishtirok etishdi.
Kompaniya oʼzining giyohvandlik, parkinson kasalligi, oʼrtacha va kuchli ogʼriqlarni davolashda innovatsion mahsulotlari bilan mashhur. Shuningdek, ular chekishni tashlash uchun nikotinli transdermal plastirlarni ishlab chiqaradi.
Yangi ishga tushirilgan zavodda 300 ta ish oʼrni yaratilgan boʼlib, yiliga 400 metrik tonna API ishlab chiqarish rejalashtirilgan.
Yangi zavod Hindiston va xorijda giyohvandlikni davolash hamda ogʼriqni qoldiruvchi mahsulotlariga oʼsib borayotgan talabni qondirish uchun “Rusan Pharma”ning mavjud API ishlab chiqarish quvvatini oshirish maqsadida tashkil etildi.
“Dori-Darmon” aktsiyadorlik kompaniyasi «Rusan Pharma» bilan 20 yildan ortiq hamkorlik qilib kelmoqda. Koʼp yillik hamkorlik davomida kompaniya oʼzini hayotiy dori vositalarining ishonchli yetkazib beruvchisi sifatida koʼrsatdi.
“Dori-Darmon” АK jamoasi “Rusan Pharma” kompaniyasini yangi zavod ochilishi bilan tabriklab, muvaffaqiyatlar tilaydi va kompaniyalarimiz hamkorligi yana uzoq yillar davom etishiga umid qiladi!