09:00 (05.11.2024)
403
Yurak xurujini oʻtkazgan bemorlarda koʻpincha kasallikdan soʻng zararlangan mushaklar oʻrni chandiq bilan qoplanadi. Bu esa yurakning organizmga qon haydash qobiliyatini zaiflashtiradi va yurak yetishmovchiligini yuzaga keltiradi.
Buyuk Britaniyada chop etiladigan “Nature Cardiovascular Research” xalqaro jurnalida eʼlon qilingan tadqiqot natijalariga koʻra, inson tanasidagi GPNMB oqsili infarktdan keyin yurak toʻqimasi tiklanishida muhim rol oʻynaydi.
Olimlar tomonidan jonivorlarda oʻtkazilgan tajriba jarayonida suyak koʻmigining immun hujayralari GPR39 molekulasi bilan birgalikda yurak faoliyatini tiklashga yordam beruvchi GPNMB oqsili ishlab chiqarishi maʼlum boʻldi.
Sinov chogʻida quyidagi tahlillar qoʻlga kiritildi: infarktdan keyin bir oy oʻtgach, GPNMB oqsilidan mahrum boʻlgan hayvonlarning 67 foizida yurak sohasida kuchli chandiqlar kuzatildi.Oqsil darajasi meʼyorida boʻlgan jonivorlarda esa bu koʻrsatkich atigi 8 foizni tashkil etdi.
Tadqiqotchilar xulosasiga koʻra, ushbu yangilikdan yurak xuruji asoratlarini bartaraf etuvchi yanada samarali dori vositalarini yaratishda foydalanish mumkin.