14:55 (01.11.2024)

434

Kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari savdosi bilan shug‘ullanib kelgan shaxslar ushlandilar

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Marg‘ilon shahri bo‘limi, DXX va IIB xodimlari hamkorligida Farg‘ona shahri “Ma’rifat” MFY hududida o‘tkazilgan tezkor tadbirda dori vositalari savdosi bilan shug‘ullanib kelgan fuqaro B.A. xaridorga 3 turdagi jami 990 ta kapsuladagi inson ruhiyatiga kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarini 5,6 mln so‘mga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Shu kabi, Departamentning Bo‘ka tumani bo‘limi va IIB xodimlari hamkorligida Ohangaron shahri, Amir Temur ko‘chasida o‘tkazilgan tezkor tadbirda dori vositalari savdosi bilan shug‘ullanib kelgan I.I. (muqaddam sudlangan) fuqaro A.J.ga 100 dona “Zardeks” nomli kuchli ta’sir qiluvchi dori vositasini 4 mln so‘mga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 251-1-moddasi (kuchli ta’sir qiluvchi yoki zaharli moddalarni qonunga xilof ravishda muomalaga kiritish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech