09:44 (04.11.2024)

410

6 ta keng tarqalgan infeksiyalar demensiya xavfini oshirishi mumkin

Olimlar tez-tez uchraydigan infeksiyalar, miyaning xotira uchun muhim bo‘lgan qismlariga ta’sir qilish orqali demensiya rivojlanish xavfini oshirishi mumkinligini aniqladi.

Tadqiqot Nature Aging jurnalida chop etildi. Bu ayniqsa, keksa odamlar uchun alohida xavf tug‘diradi.

Mualliflar tadqiqotda qatnashgan 982 ishtirokchining ma’lumotlarini tahlil qilib, ishtirokchilarning miya hajmi va infeksiyalar tarixini kuzatishdi. Ular oltita infeksiya katta miya hajmini yo‘qotish bilan bog‘liqligini aniqladi.

Ushbu kasalliklarga gripp, gerpes viruslari, yuqori va pastki nafas yo‘llarining infeksiyalari, teri infeksiyalari va turli virusli infeksiyalar kiradi. Bundan tashqari, gripp va gerpes infeksiyalari miyaning xotira uchun juda muhim bo‘lgan qismlarining hajmin kichrayishiga sabab bo‘ladi.

Olimlarning ta’kidlashicha, bu natijalar infeksiyalarning demensiya ehtimoliga ta’sirini tasdiqlaydi va miya faoliyatidagi buzilishlarning rivojlanishini chuqur o‘rganish uchun yangi imkoniyatlar ochadi.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech