17:45 (01.11.2024)
704
Qon tanadagi ko‘plab muhim funksiyalarni bajaradigan suyuq to‘qimadir. U kislorodni tashiydi va to‘qimalarimizni "oziqlantiradi", hujayra chiqindilarini to‘playdi va viruslar hamda bakteriyalardan himoya qiladi.
12-asrgacha odamlar jigar qon aylanishi uchun javobgar deb o‘ylashgan. Tog‘da yashovchi xalqlar u yerda inson ruhi joylashganiga ishonishgan. Qadimgi Xitoyda bu organ tananing "onasi" hisoblangan, chunki u tanamizga havo va oziq-ovqat bilan kiradigan barcha yot narsalarni filtrlashga qodir. Ammo 17-asrda ingliz olimi Vilyam Garvey yurak qonni butun tanada tashish uchun mas’ul ekanligini aniqladi.
Bugungi kunda qonning xarakterga ta’siri haqida ilmiy dalillar mavjud emasligiga qaramay, Yaponiyada tanishuv jarayonida qon guruhi so‘raladi. Birinchi qon guruhining egalari beparvo va xushmuomala, ikkinchi qon guruhi esa jiddiy va zerikarli ekanligiga ishonishadi. Yaponlar uchinchi qon guruhga mansub odamlarga ijodkorlik bilan shug‘ullanishni tavsiya qiladilar - ular izlanuvchan va ijodkordir. Va to‘rtinchi qon guruhi egalari ikki yuzlamachi, xotirjam va sovuq qonli hisoblanadi. Shuningdek, Yaponiyada qon guruhi ko‘pincha tanishish, ishga yollash, sport va parhez tanlashda hal qiluvchi rol o‘ynashi mumkin.
Butun tananing qoni yuragimiz orqali bir soat ichida taxminan 70-100 marta oqib o‘tadi va shu bilan birga doimiy ravishda yangilanib turadi. Va agar katta yoshlilarning barcha qon tomirlari bir qatorga qo‘yilsa, uning uzunligi taxminan 100 ming km. ni tashkil qiladi. Bu masofa Yer ekvatori atrofida ikki marta aylanishga yetadi.
Qulog‘imizga dengiz chig‘anog‘ini qo‘yganimizda, dengizning ovozi eshitilayotgandek tuyuladi. Ammo bu aslida atrof-muhitdan aks ettirilgan tovushlar va tomirlar bo‘ylab harakatlanadigan qonning ovozi. Bizning butun tanamiz tomirlar bilan qoplangan. Voyaga yetgan inson tanasida ularning uzunligi 95 ming km dan oshadi. Qon tomirlari orqali qon barcha organlarga, shu jumladan quloqlarga yetib boradi. Shuning uchun qulog‘imizga chig‘anoqni qo‘yganimizda, qonning harakatini eshitamiz.