15:34 (18.08.2023)

1055

1 oktyabrdan “tax gap” bekor qilinadi

Hozirgi tadbirkorlarni xavf guruhiga kiritish tizimi yopiq boʼlib, intizomli soliq toʼlovchilar ham qaysidir hamkori qachonlardir xato qilgan boʼlsa, uning uchun ham javob bermoqda.

Oʼtkazilgan soʼrovlarda qoʼshilgan qiymat soligʼi toʼlovchilarning 70 foizi ushbu soliqni qaytarishda soliq uzilishi koeffitsientini qoʼllash, yaʼni “tax gap” tizimi adolatsiz ekanini bildirgan.

Soliq tizimidagi korruptsiya bilan bogʼliq shikoyatlar haddan tashqari koʼpayib ketgani ham aynan “tax gap” bilan bogʼliq.

Endilikda, 1 oktyabrdan boshlab, qoʼshilgan qiymat soligʼini qaytarishda soliq uzilishi koeffitsientini qoʼllash amaliyoti, yaʼni “tax gap” bekor qilinadi.

Shu bilan birga, Savdo-sanoat palatasi, Biznes-ombudsman soha vakillari bilan birga tadbirkorlarning ochiq-oshkora reytingini joriy qiladi.

Bunda, kelgusi yil 1 yanvardan boshlab reytingi yuqori korxonalar:

- barcha turdagi soliq tekshiruvlaridan ozod qilinadi;

- ularga qoʼshilgan qiymat soligʼining ortiqcha qismi bir kunda qaytarib beriladi;

- qoʼshilgan qiymat soligʼi toʼlovchisi guvohnomasini vaqtinchalik toʼxtatib turish amaliyoti bekor qilinadi

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech