16:00 (23.02.2023)
2489
Аziz Аbdumalikov, Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika ekspertizasi va standartlashtirish Davlat markazi mutaxassisi:
Bugungi kunda TIF TN kodi pozitsiyasiga muvofiq, raqamli markirovkalanish tizimiga oʼtishi lozim boʼlgan dori vositalarini ishlab chiqaruvchi 59 ta mahalliy korxona yurtimizda faoliyat yuritmoqda.
✅ Ulardan 53 tasida markirovkalash tizimini joriy etishda zurur boʼlgan uskuna va dasturiy mahsulotlar sotib olish yuzasidan shartnomalar tuzilgan boʼlib, shundan 48 tasida dori vositalari raqamli markirovkalangan holda ishlab chiqarilishi yoʼlga qoʼyildi.
Shuningdek, yana 5 korxonada uskuna va dasturiy mahsulotlar yetkazib berilishi va korxonalarning ishlab chiqarish liniyalariga oʼrnatilishi boʼyicha tegishli ishlar amalga oshirilmoqda. Qolgan 6 ta mahalliy korxona ham oʼz faoliyatida mazkur tizimni joriy qilish yuzasidan muzokaralar olib bormoqda.
Maʼlumot uchun, tizim operatori “CRPT TURON” MChJ tomonidan 2022 yilning 1 aprelidan 31 dekabrь sanasiga qadar, xorijiy korxonalarga 37 977 367 ta, mahalliy korxonalar hamda Xorijiy farmatsevtika kompaniyalari va ishlab chiqaruvchilarining yurtimizdagi vakolatxonalariga 87 270 492 ta jami, 125 247 859 ta raqamli markirovka kodlari taqdim etilgan boʼlib, endi isteьmolchilar dori vositasini xarid qilishda “ASL Belgisi” mobil ilovasi orqali markirovka kodini skanerlab xarid qilinayotgan mahsulot haqida batafsil maʼlumotga ega boʼlishadi.