09:01 (22.09.2023)
1506
Bugun dunyodagi avtomobil va mototsiklь haydovchilariga kun davomida transport vositalaridan foydalanmaslik tavsiya etiladi. Koʼplab mamlakatlar va shaharlarda piyoda yurish, velosiped yoki jamoat transportlaridan foydalanishni targʼib qiluvchi aktsiyalar, tadbirlar oʼtkaziladi.
1995 yildan beri bu sana World Car Free Days konsortsiumi tashabbusi bilan dunyoning yuzlab shaharlarida oʼtkazib kelinmoqda.
Maʼlumot uchun: Hukumat qarori bilan 2021 yildan boshlab 22 sentyabrь respublika boʼyicha “Аvtomobilsiz kun” sifatida eʼlon qilingan. Shu kuni shaxsiy avtomobilda harakatlanishdan ixtiyoriy ravishda voz kechish tavsiya etiladi.