16:30 (11.11.2024)

379

Qalqonsimon bez sabab kelib chiqishi mumkin bo‘lgan salomatlikdagi 6 muammo

Qalqonsimon bez kichik bo‘lsa-da, ammo juda muhim organdir. Organizmning ko‘plab muhim tizimlarining salomatligi uning ishlashiga bog‘liq. Hatto juda kichik kamchilik ham eng muhim organlarning ishiga jiddiy ta’sir qilishi va kasalliklarni qo‘zg‘atishi mumkin.

1. Vaznning tushunarsiz o‘zgarishi

Metabolizm tezligi qalqonsimon bezga ham bog‘liq va shuning uchun uning ishidagi eng kichik o‘zgarish ham darhol seziladi. Qalqonsimon bez haddan tashqari faol bo‘lsa, to‘satdan juda ko‘p vazn yo‘qotish mumkin. Agar, aksincha, bez qonga odatdagidan ko‘ra kamroq gormonlarni chiqaradigan bo‘lsa, shish boshlanadi va semirish kuzatiladi. Ikkala holatda ham shifokor bilan maslahatlashish zarur, agar kerak bo‘lsa, qalqonsimon bezning ultratovush tekshiruvini o‘tkazish zarur.

2. Uyquchanlik va charchoq hissi

Doimo uyquchanlik va yengil yumushlar ham sizni charchatadimi? Ehtimol bularning barchasi qalqonsimon bezning yaxshi ishlamasligidandir. Endokrinologlarning aytishicha, agar charchagan holda uyg‘onish kuzatilsa, bu shifokorga borishdan darak beradi. Ehtimol, muolajalardan so‘ng hammasiga o‘z joyiga tushib ketadi.

3. Termoregulyatsiya bilan bog‘liq muammolar

Atrofdagilarning hammasi issiqdan aziyat chekayotgan bir vaqtda sovqotish yoki aksincha, sovuq mavsumda terlash. Bu qalqonsimon bezning normal faoliyati buzilganligini ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan yana bir alomatdir.

4. Homilador bo‘lolmaslik

Ayollarning reproduktiv salomatligi endokrin tizim bilan bevosita bog‘liq bo‘lib, homilador bo‘lish asosan qalqonsimon bezning yaxshi ishlashiga bog‘liq. Sikldagi o‘zgarishlar, og‘riq, homiladorlik bo‘la olmaslik – bularning barchasi endokrinolog bilan bog‘lanish va qalqonsimon bezni tekshirish uchun sababdir. Gap shundaki, gipotireoz ovulyatsiya va hayz davrini boshqaradigan gormonlar ishlab chiqarishni to‘xtatishi mumkin. Shuning uchun qalqonsimon bezni tekshirtirish zarur.

5. Depressiya va tashvish

Agar qalqonsimon bez juda ko‘p gormon ishlab chiqarsa, organizmning umumiy ritmi kuchayadi, asab tizimi stressni boshdan kechiradi va asabiylik hamda tashvishlanish kuzatiladi. Agar gormonlar juda kam bo‘lsa, haqiqiy depressiya alomatlarini boshdan kechirish mumkin. Shunday qilib, agar tashvish yoki tushkunlik kuchaysa, psixiatrga qo‘shimcha ravishda endokrinologga uchrashish kerak.

6.Teri va soch muammolari

Gipotireozning yana ikkita muhim alomati- soch to‘kilishi va quruq teridir. Yozda ushbu alomatga duch kelishdan, ayniqsa ehtiyot bo‘lish kerak. Gap shundaki, metabolizm sekinlashishi bilan terlash ham kamayadi, buning natijasida teri kamroq namlanadi, quriydi va hatto tez suvsizlanadi. Shuning uchun bunday vaqtda krem va losonlar yordam bermaydi, yaxshisi endokrinolog bilan maslahatlashgan ma’qul.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech