11:42 (12.11.2024)
399
AQSH oziq-ovqat mahsulotlari va dori vositalari sifatini nazorat qilish boshqarmasi (FDA) fenilefrinni samarasiz dori sifatida retseptsiz dorilar tarkibidan chiqarishni taklif qildi. Fenilefrin shamollash va yo‘tal siroplarida keng qo‘llaniladi.
Bundan tashqari, u burun bitishini davolash uchun burun spreylari tarkibiga kiradi. FDA taklifi faqat ichishga mo‘ljallangan fenilefringa taaluqli.
O‘tgan yili bir guruh ekspertlar bir ovozdan fenilefrinni burun spreylarida shishga qarshi vosita sifatida samarasiz deb hisoblashdi. Mutaxassislarning ta’kidlashicha, buning uchun yetarli darajada tasdiqlovchi tadqiqotlar o‘tkazilgan.
Bir qator kompaniyalarga (Procter & Gamble va GSK) nisbatan tarkibida fenilefrin bo‘lgan shamollashni davolashga mo‘ljallangan dori-darmonlar haqida iste’molchilarni chalg‘ituvchi reklamalar uchun da’volar qo‘zg‘atilgan.
Ayni paytda FDA jamoatchilikdan taklif yuzasidan izoh so‘radi.
Hozircha ishlab chiqaruvchilar tarkibida felefrin bo‘lgan burun bitishiga qarshi spreylarini sotishda davom etishlari mumkin.
FDA ishlab chiqaruvchilarga fenilefrinli preparatlar tarkibini o‘zgartirish yoki bunday dorilarni sotuvdan chiqarish uchun yetarli vaqt berishga tayyorligini bildirdi.